Xabarda yozilishicha, respublikada eksportyor tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qulayliklar va erkinliklarni o'zida qamragan yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

Masalan, tovarlar uchun eksport boji bekor qilindi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar qisqartirildi, eksportdan tushgan valyuta mablag'larini davlatga majburiy sotish kabi byurokratik tartiblar bekor qilindi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi yuridik shaxslar eksportni dastlabki to'lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug'urta polisisiz amalga oshirishmoqda.

eksport kontraktini tuzishga hojat yo'q - invoysning o'zi etarli. Tadbirkorlik sub'ektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo'lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishmoqda va mahsulotlarning eksport narxlarini erkin belgilashmoqda.

Amaldagi tartiblarga binoan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko'rigidan o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Ta'kidlanishicha, tadbirkorlar yil boshidan buyon  186 mln dollar qiymatidagi meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilishga muvaffaq bo'lgan.