Eksport qiluvchilarga berilgan kreditlarning 50 foizgacha qismini kafolatlash tartibi yoʻlga qoʻyildi

    Mamlakatimizda 14 Yanvar 2021 846

    AOKAdagi brifingda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axboroti:

    «Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining vazifalariga tadbirkorlik bilan shugʻullanish sharoitlarini yaxshilash hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportchilarga amaliy va moliyaviy koʻmak berishga qaratilgan tizimli mexanizmlarni ishlab chiqish kiritildi.

    Ushbu yechimlardan biri zamonaviy moliyalashtirish uslublaridan foydalangan holda eksportni moliyalashtirish mexanizmini joriy etish boʻldi. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida eksport qiluvchilarga berilgan kreditlar miqdorining 50 foizigacha boʻlgan qismini kafolatlash tartibi ham yoʻlga qoʻyildi».