Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, jamiyatning “5-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Mercedes-Benz LF” rusumli avtobuslarning 5 donasi ushbu yoʻnalishda xizmat koʻrsatish uchun biriktirildi.
Yoʻlovchilar mazkur ekspress avtobus yoʻnalishini poytaxtdagi odatiy avtobus yoʻnalishlaridan ajratib olishlarini taʼminlash maqsadida, ekspress avtobuslarning tashqi qismi koʻk rangga boʻyalgan.
Avtobusning ustki (tepasi) va ichki qismlariga boʻyoq berishga talab yoʻqligi sababli boʻyoqlash ishlari amalga oshirilmagan.