Guruhga Namangan shahrida yashovchi, 1986-1995-yillar oraligʻida tugʻilgan 9 nafar shaxs aʼzo boʻlgan.

Oʻz navbatida, S.M. guruhga terroristik va ekstremistik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan “Sodiq Samarqandiy”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Mahmud Abdulmoʻmin”, “Abu Saloh”larning “hijrat” va “jihod” toʻgʻrisidagi maʼruzalarini joylab, guruh aʼzolarini Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilishga daʼvat qilgan.

DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi.

Hozirda holat yuzasidan S.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, guruh aʼzolarining xatti-harakatlariga nisbatan ham tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.