Keyinchalik oltita qamoqxonada tartibsizliklar sodir boʻlib, mahbuslar 150 nafardan ortiq qoʻriqchi va boshqa xodimlarni garovga oldi. Bir necha oʻnlab mahbuslar qamoqxonalardan qochib ketishdi.

Seshanbaga kelib zoʻravonlik koʻchalarga tarqaldi: 7 politsiyachi oʻgʻirlab ketildi va bir nechta shaharlarda 5 ta portlash sodir boʻldi, biroq hech kim jabrlanmadi.

Mamlakat prezidenti Daniel Noboa “terrorchilar” bilan muzokaralar olib bormasligi va zoʻravonliklar uning hukumatining jinoyi toʻda yetakchilari uchun yangi qattiq tartibli qamoqxona qurish rejalariga munosabat boʻlganini aytdi. U mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat joriy qildi va barcha jinoyi guruhlarni yoʻq qilishni buyurdi.