Unga ko'ra, reydlar davomida xavfsizlik kuchlari tomonidan turli kalibrli 61 ta qurol, 418 ta o'q-dori va 24 ta portlovchi moslama musodara qilingan. 41 kishi asirlikdan qutqarildi. Bundan tashqari, xavfsizlik kuchlari 28 nafar qochoq jinoyatchini qo'lga olishga muvaffaq bo'ldi. Shu bilan birga, qo'mondonlik boshlig'ining qayd etishicha, politsiya xodimlari va harbiy xizmatchilar uch marta qurolli guruhlar bilan to'qnash kelishgan.

Avvalroq mamlakat Bosh prokuraturasi qochganidan keyin qo'lga olingan 17 mahbusga nisbatan ayblov e'lon qilgan edi.

Ekvadordagi vaziyat o'tgan yakshanba kuni Fito laqabli “Los-Choneros” to'dasi yetakchisi qamoqdan qochib ketganidan so'ng keskinlashdi. Shundan so'ng bir qancha qamoqxonalarda tartibsizliklar sodir bo'ldi. 8-yanvar kuni mamlakat Prezidenti Daniel Noboa mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi va komendantlik soati joriy qildi. Keyinroq u huquq-tartibot xodimlarini 22 jinoiy guruhni zararsizlantirishga chaqirdi, deb xabar beradi mir24.tv.