YL: guruh bosqichi yakunlandi

    Oldinda pley-off bahslari

    Kecha koʻhna qitʼada futbol boʻyicha Yevropa Ligasi guruh bahslari nihoyasiga yetdi.

    Yakuniy natijalarga koʻra, oʻz guruhida birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan jamoalar – “Arsenal”, “Fenerbahche”, “Betis”, “Yunion Sent-Jillua”, “Real Sosyedad”, “Feyenoord”, “Frayburg”, “Ferensvarosh”, PSV, “Renn”, “Roma”, “Union Berlin”, “Manchester Yunayted”, “Midtyulland”, “Nant”, “Monako” pley-offga chiqdi.

    Shuningdek, Chempionlar Ligasi guruhlarida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan “Ayaks”, “Bayer”, “Barselona”, “Sporting”, “Zalsburg”, “Shaxtyor”, “Sevilya” va “Yuventus” jamolari ham ularga qoʻshilib, YEL gʻolibligi uchun kurash olib boradi.

    1/16 final bosqichiga 7-noyabr kuni qurʼa tashlanadi.