El saylagan inson bu

    Madaniyat 26 Oktabr 2021 1542

    ...

    Bir marta berilar insonga hayot,
    Unga berilgandir tanlash imkoni!
    Kechagi tanlovga aytaman bayot,
    Xudo adashtirmas Oʻzbekistonni!

    Yer yuzida yashar limmo-lim odam,
    Bir-birin yomonlab, otganlar qancha.
    Yer talash, suv talash, boylik damo-dam,
    Birini oq, birin qora degancha.

    Ovrupo, Afrika barida gʻurur,
    Ozod yurib soʻrar ozodlik yana.
    Ozodlik haykali, ozodligim koʻr,
    Oʻzbekistonimda yana tantana!

    Ozodlik istagan ajdodlarimiz,
    Biz shunday zamonda yashayotibmiz.
    Biz buyuk daholar avlodlarimiz,
    Vatanda xurrammiz, baxtga botibmiz.

    Baxt shu-da, uyingda uygʻonsang sahar,
    Zuryodlaring yotsa toʻshaklaringda.
    Rayhonga burkanar hovli har bahor,
    Chaqaloq yigʻlasa quchoqlaringda.

    Yurtimda lovullab turar oltin kuz,
    Ekkanini yigʻib olar fasl bu.
    Dunyoda tantana qilar bitta soʻz,
    El saylagan inson - oʻgʻlon asl bu.

    Ovozim boricha ovoz beraman,
    Milyonlar ichida boʻlsam ham zarra.
    Sozanda qoʻliga bir soz beraman,
    Nomini ayting deb milyonlab karra.

    Bugun quyosh kulgan, el kulgan mahal,
    Baxtga ochib qoʻying darvozalarni.
    Oʻzbeklar tarqatib mehmonga mahtal,
    Janob Mirziyoyev! degan ovozalarni.

    Dilbar HAYDAROVA,
    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira.