Kecha qoʻhna qitʼada futbol boʻyicha Yevropa Ligasi yarim final bahslarining dastlabki oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Londonning “Vest Hem” klubi oʻz maydonida Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasini qabul qildi va yutqazib qoʻydi. Uchrashuvning birinchi daqiqasida mehmonlar oʻyinchisi Knauff hisobni ochgan boʻlsa, 21 daqiqada Antonio javob toʻpini kiritdi. Ammo 54 daqiqada Kamada nemislarni oldinga olib chiqdi va oʻyin oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi.
Germaniyaning yana bir jamoasi “Leypsig” dastlabki uchrashuvini oʻz maydonida Shotlandiyaning “Reynjers” klubiga qarshi oʻtkazdi. Oʻyin taqdirini 85 daqiqada Anxelinyo kiritgan yagona gol hal etdi. Mezbonlar 1:0 hisobida gʻolib chiqishdi.
Javob bahslari 5-may kuni boʻlib oʻtadi.