Ushbu Tanlov jadal islohotlarimizga mos, soha va tarmoqlar boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan, vatanparvar kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻldirishga xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2018-2021-yillar mobaynida jami 1002 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati boʻldi.
Ularning 900 nafardan ortigʻi AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi jami 30 dan ortiq eng ilgʻor mamlakatlarda taʼlim olib Oʻzbekistonga qaytishdi. Jarayon davom etmoqda.
Bugungi kunda ular mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralarda amaliyotda oʻzini oqlagan qator xorijiy tajribalarni qoʻllamoqda.