2021-yil 7-yanvardagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktorining qaroriga asosan Sodiqov Mirziyo Odiljonovich “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

M.O. Sodiqov Toshkent viloyati Boʻka tumanida tugʻilgan. U mehnat faoliyatini 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va maqroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Xalqaro aloqalar va tahririy-nashriyot boʻlimida mutaxassis lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur Institutda Xalqaro aloqalar va tahririy-nashriyot boʻlimi yetakchi mutaxassisi va boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2016-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining bakalavr bosqichini, 2018-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti fakultetining rus tili lingvistikasi yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichini tugatgan. Hozirgi kunga qadar mazkur universitetda Iqtisodiyot fakultetining Kadrlar menejmenti bosqichini tamomlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019-2020 yy. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi boshligʻi v.b. boʻlib faoliyat yuritgan. M.Sodiqov oʻzini asosiy lavozim burchlari bilan birga Jamgʻarmaning Matbuot xizmatini rivojlantirishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Jamgʻarma Matbuot xizmati