Uchrashuvdan maqsad mazkur universitet bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jamgʻarma stipendiya tanlovlarida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan stipendiatlarni universitetda taʼlim olishini tashkil etish, ular uchun oʻqish xarajatlarida chegirmalar qilinishiga erishish. Shuningdek, bugungi kunda taʼlim olayotgan stipendiatlarni oʻqish monitoringini oʻrganish, ularning oʻqishi uchun barcha sharoitlarni yaratish koʻzda tutilgan.

Kolorado shtati universiteti 1870-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda xalqaro tan olingan universitetlar ichida 140 oʻrinda turadi. Mazkur universitetda 35 000 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet qishloq xoʻjaligi, veterinariya, yuqumli kasalliklar, muhandislik, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, IT texnologiyalari, jurnalistika, qurilishni boshqarish kabi ustuvor sohalarda mutaxassislar tayyorlashda yetakchi universitet hisoblanadi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan mazkur universitetda 2022-yildan boshlab jamgʻarmaning barcha dasturlari asosida taʼlim oladigan stipendiatlar uchun oʻqish xarajatlarida chegirmalar berish, shuningdek, qisqa muddatli ikki haftadan bir oygacha boʻlgan muddatda davlat xizmatchilarini stajirovka oʻtish dasturlarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritildi. Kolorado shtati universiteti rahbariyati mazkur takliflarni qoʻllab-quvvatlagan holda ushbu yoʻnalishlarda jamgʻarma bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarining istiqbollarini muhokama qilgan holda joriy yildan boshlab jamgʻarmaning barcha taʼlim dasturlari asosida taʼlim oladigan stipendiatlarning har birining oʻqish xarajatlari uchun 20 foizdan chegirmalar berish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, ikki haftadan bir oygacha boʻlgan muddatlarda davlat xizmatchilarini stajirovka oʻtish dasturlarini tashkil etish yuzasidan bildirilgan takliflar qoʻllab-quvvatlandi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflar oʻrin olgan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatishga doir anglashuv memorandumi imzolandi.