O'zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Samara viloyati Sog'liqni saqlash vazirligi rahbari Armen Benyan bilan birgalikda hududdagi tibbiyot muassasalarida bo'lib, avtohalokatda jabrlangan mamlakatimiz fuqarolariga tibbiy yordam ko'rsatilishi holatini o'rgandi.

Samara viloyati Sog'liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ta'kidlaganidek, barcha jarohatlanganlar hududdagi 4 ta kasalxonada zarur tibbiy muolajalar olmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 2024-yil 8-aprelga o'tar kechasi Ural-Muxanovo trassasida Chimkent-Nijniy Novgorod yo'nalishi bo'ylab harakatlanayotgan avtobus ishtirokida YTH sodir bo'lgan edi.

 

Voqea joyida tibbiy xizmat tezkorlik bilan ish olib bordi, 10 nafar tez tibbiy yordam brigadasi va viloyat tabiiy ofatlar tibbiyot markazi brigadasi ish olib bordi.

 

Shuni ta'kidlash kerakki, 18 bemorning ahvoli o'rta og'ir, 2 nafari qoniqarli va yana 2 nafari o'ta og'ir deb baholanmoqda.

Mamlakatimiz diplomatlari tibbiyot muassasalari ma'muriyati, Samara viloyati ichki siyosat boshqarmasi milliy va diniy siyosat bo'limi boshlig'i Mariya Kupsova bilan ham tibbiy yordamni tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

 

Elchi B.Asadov viloyat hukumati va huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek, avtohalokatda jabrlangan O'zbekiston fuqarolariga yuqori malakali yordam ko'rsatayotgani uchun Samara tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.