Kecha Yevropa Ligasida 1/8 final bahslari boshlandi. Fransiyaning “Lion” klubi Portugaliyaning “Portu” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuvning 59 daqiqasida “Lion” futbolchisi Paketa mezbonlar darvozasiga gol kiritdi va oʻyin oxirigacha hisob oʻzgarmadi.

Ispaniyaning “Betis” klubi ham birinchi bahsni oʻz maydonida Germaniyaning “Ayntraxt”iga yutqazib qoʻydi – 1:2.

Javob oʻyinlari 17-mart kuni boʻlib oʻtadi.