UYEFA rasmiy sayti Konferensiyalar ligasi 2021/22-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, turnirda eng yuqori tezlikni qayd etgan oʻyinchilar roʻyxatini eʼlon qildi.
Sayt xabarida qayd etilishicha, “Roma” va mamlakatimiz terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov musobaqaning eng tezkor oʻyinchisi deb eʼlon qilindi. U 33,6 km/soatni qayd etgan.