Maʼruzachi Markaziy Osiyodagi har bir insonni oʻzini nafaqat oʻz mamlakatining bir qismi, balki umumiy mintaqa – Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi sifatida his etishga chaqirdi.
“Prezident Qasim-Jomart Toqayevning Markaziy Osiyo media-forumini oʻtkazish tashabbusi juda muhim, talab etilgan va dolzarbdir. Umid qilamanki, bu tadbir bir martalik emas, balki doimiy boʻladi va biz Markaziy Osiyo oilasi sifatida muntazam uchrashib, mintaqamizni oʻylantirayotgan eng dolzarb masalalarni muhokama qila olamiz.
Bizning eng muhim vazifalarimizdan biri Markaziy Osiyoda mintaqaviy oʻziga xoslikning fundamental asoslarini shakllantirishdir. Birinchi navbatda, media sohasida kuchlarni birlashtirmay turib, buni hal eta olmaymiz”, - dedi forumda SMTI direktori.
Eldor Aripov umumiy madaniy qadriyatlar va anʼanalarga asoslangan hamkorlikni kengaytirish yanada samarali ekanini taʼkidladi.
“Markaziy Osiyo haqida kam maʼlumotga ega, lekin jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini juda yaxshi tushunadigan bir qator yevropalik olimlar tomonidan olib borilgan juda qiziqarli tadqiqotlar mavjud.
Ular empirik tadqiqotlar olib bordilar va umumiy madaniy qadriyatlar va anʼanalarga ega boʻlgan mamlakatlar sherikchilik va savdo sohasi, iqtisodiy aloqalar, investitsiyalarda ancha samaraliroq oʻzaro hamkorlik qiladi degan xulosaga kelishdi. Nima uchun bu sodir boʻlmoqda? Faqat bitta sabab bor – ishonch omili. Ishonch omili juda muhim. Biz birinchi navbatda kimga ishonamiz? Avvalo, biz juda yaxshi biladigan va tushunadiganlarga.
Shuning uchun mintaqaviy oʻziga xoslik juda muhimdir. Markaziy Osiyoda har birimiz oʻz mamlakatimizning bir qismi emas, balki umumiy mintaqa – Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi ekanligimizni his eta boshlashimiz muhim”, – dedi spiker.
SMTI vakili Oʻzbekiston Prezidenti ushbu yondashuv uchun qiziqarli formula taklif qilganini alohida taʼkidladi.
“U “Markaziy Osiyo – yagona oʻtmish, umumiy kelajak” shiorini taklif qildi. Bizda chindan ham kuchli madaniy meros va tariximiz bor. Biroq, bizning kelajagimiz ham chambarchas bogʻliq. Bizning kelajagimiz umumiy tahdidlar va muammolar oldida birlashish qobiliyatiga bogʻliq boʻladi. Ularning aksariyatini yolgʻiz hal qila olmaysiz”.
Joriy yilning 20-21-dekabr kunlari Ostona shahrida Markaziy Osiyo media-forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlardan 300 dan ortiq siyosatchi, davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari vakillari, biznes vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Oliy darajadagi ishtirokchilar orasida Qozogʻiston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Qirgʻiziston Respublikasi Davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov, Turkiyaning sobiq prezidenti Abdulla Gul, TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashi Bosh kotibi Qayrat Saribay bor.
Ikki kun davomida ekspertlar axborot xavfsizligi sohasida mintaqaviy va global hamkorlik, Markaziy Osiyoda yangi media imkoniyatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.