Eldor Aripov: “Oʻzbekiston «qanday yashashni oʻrgatayotgani” yoʻq, bu bosib oʻtilgan yoʻl»

    Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov davlat rahbarining ShHT sammiti haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.

    “Prezident taʼkidlaganidek, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda ishonch inqirozi va oʻzaro begonalashuv kuchayib bormoqda, bu esa mojarolarni keltirib chiqarmoqda va pandemiyadan keyin katta zarar koʻrgan jahon iqtisodiyotini tiklashni qiyinlashtirmoqda. Bu xatarlar davlatlar hamda insonlar hayotining asoslariga tahdid soladi”, – deydi ekspert.

    Aripovning fikricha, Prezident nafaqat muammolarni sanab oʻtmoqda, balki ularni bartaraf etishning eng real va mumkin boʻlgan yoʻllarini ham koʻrsatmoqda – hech bir davlat bu qiyinchiliklarni bir oʻzi yengib oʻta olmaydi. Buning yagona yoʻli – konstruktiv muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik.

    Oʻzbekiston oʻtgan besh-olti yil ichida Markaziy Osiyo mintaqasidagi munosabatlarda mutlaqo oʻzgardi – deyarli butunlay “muzlatilgan” savdo, yopiq chegara oʻtish joylari, oʻzaro kelishmovchiliklar va boshqa muammolar barham topdi. Chegaralar ochildi, soʻnggi besh yil ichida mintaqalararo tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshdi.

    “Oʻzbekiston oʻz chaqirigʻi bilan «qanday yashashni oʻrgatayotgani yoʻq”, balki oʻzaro hamjihatlikka erishish mumkinligini oʻz misolida koʻrsatmoqda», – taʼkidladi Eldor Aripov.