Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya futboli afsonasining jamoasida davom ettirishi mumkin

    Sport 17 Avgust 2024 1280

    “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga yangi daʼvogar paydo boʻldi.

    Joriy mavsum Italiya A seriyasiga qaytishni maqsad qilgan “Sampdoriya” terma jamoamiz sardoriga qiziqish bildirmoqda. Genuyaliklar hujumchining “Roma”dagi holatini oʻrganmoqda.

    Maʼlumot uchun, “Sampdoriya”ni ayni vaqtda Italiya futboli afsonasi Andrea Pirlo boshqarib bormoqda. Jamoa oʻtgan mavsum Italiya B seriyasida 7-pogʻonani qoʻlga kiritgan.