O'zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi eldor Shomurodov uchun kechagi kun unutilmas, quvonchli sanalardan biriga aylandi. Boisi, Shomurodovlar oilasida 14-iyun kuni qiz farzand dunyoga keldi. Bungacha Eldorning Mustafo ismli o'g'li bor edi.
Qayd etish kerak, Osiyo Kubogi—2023 saralashi doirasida Namanganda o'tkazilayotgan Tailandga qarshi uchrashuvda kiritilgan gollarning biri Shomurodovning farzandiga bag'ishlandi.
Eslatib o'tamiz, eldor Shomurodov 2019-yilning 28-dekabrida Omina ismli qizga uylangandi, deb yozmoqda Aniq. uz