Eldor Shomurodov jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

    Sport 3 Aprel 2023 1168

    Bu Eldor Shomurodovning yangi jamoasidagi ilk goli hisoblanadi.

    Italiya chempionatining 28-tur o'yinlari doirasida «Spetsiya» o'z maydonida «Salernitana»ni qabul qildi.

    «Spetsiya» tarkibida ijarada to'p surayotgan Eldor Shomurodov ushbu bahsda mavsumdagi ilk golini urdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

    Uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

    Eldor so'nggi bor o'tgan yili sentyabr` oyida «Roma» tarkibida raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.

    A Seriyaning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifasi "Ajoyib gol, eldor" degan e'tirof paydo bo'ldi.