Italiya chempionatining 28-tur o'yinlari doirasida «Spetsiya» o'z maydonida «Salernitana»ni qabul qildi.

«Spetsiya» tarkibida ijarada to'p surayotgan Eldor Shomurodov ushbu bahsda mavsumdagi ilk golini urdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

Eldor so'nggi bor o'tgan yili sentyabr` oyida «Roma» tarkibida raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.

A Seriyaning ijtimoiy tarmoqlaridagi  rasmiy sahifasi "Ajoyib gol, eldor" degan e'tirof paydo bo'ldi.