Ushbu jamoalar oʻrtasidagi uchrashuv Rim shahridagi “Olimpiko” stadionida boʻlib oʻtdi. Oʻyinda hisob 50-daqiqada mehmonlar tomonidan ochilgan boʻlsa, 56-daqiqada Anxelinyo hisobni tenglashtirdi. “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri 71-daqiqada Eldor Shomurodovni zaxiradan maydonga tushirdi. Eldor kutilganidek oʻzining ajoyib texnikasi va tezkorligi bilan oʻyin tizginini oʻz qoʻliga oldi. Buning natijasida 90+3-daqiqada gol urib, jamoasiga gʻalaba keltirdi. Shu tariqa, “Roma” oʻz maydonida “Atletik”ni 2:1 hisobida taslim etdi.
Eldor Shomurodovning ushbu uchrashuvdagi oʻyiniga dunyoning mashhur tahliliy portallari quyidagi ballarni qoʻydi: “SofaScore” 7.2, “FlashScore” 7.3, “Futmob” 6.9 va “WhoScored?” tomonidan ham 6.9 ballga loyiq koʻrildi.
Fudbolchi “Roma” tarkibida koʻrsatayotgan oʻyini dunyo futbol mutaxassislari tomonidan munosib eʼtirof etilmoqda.