Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasiga o‘tdi

    Sport 11 Iyul 2025 1598

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasi futbolchisiga aylandi.

    Italiyaning "Roma" klubi futbolchisi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir"ga 2,7 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 3 mln yevroga ijara asosida ko‘chib o‘tdi.

    Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir" bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan.

    Qayd etilishicha, ijara muddati 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda futbolchining huquqlarini to‘liq sotib olish imkoniyati mavjud.