Mazkur uchrashuvda yurtdoshimiz Eldor Shomurodov «Roma» safida dastlabki rasmiy oʻyinini oʻtkazdi. Matchning 55-daqiqasida Pellegrini hisobni ochgan boʻlsa, 64-daqiqada Kornelius muvozanatni tikladi – 1:1.
Oʻyin tugashiga 10 daqiqa qolganda Eldor turklar darvozasiga gol kiritib, jamoasiga gʻalaba keltirdi – 1:2.
Javob bahsi bir haftadan keyin Rimda oʻtkaziladi.
Uchrashuvdan soʻng Eldor Shomurodov Sky Sport Italia nashri muxbiri bilan oʻz fikrlarini oʻrtoqlashdi.
«Xursandman, chunki urgan golim jamoa uchun juda muhim edi, – dedi u. – Menda Mourinyo bilan muloqotda muammolar bor. Sababi italyan tilini yaxshi bilmayman. Lekin oʻyin davomida bir-birimizni tushunamiz.
Abraham haqida gapiradigan boʻlsam, oʻylashimcha, u bilan birga oʻynay olaman».