Afsuski, yuriskonsult Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga olindi.
Aslida tadbirkor “Oq-yor” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatiga 64 mln soʻm zarar yetkazgan.
Yuriskonsult esa 9 mln soʻm evaziga yozilgan zarar summasini kamaytirib berishini aytib, dastlab 1 mln soʻmini oladi, qolgan 8 mln soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.