Energetika vazirligi huzuridagi “O'zenergoinspeksiya” tomonidan respublika iste'molchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi sifatini talab darajasiga keltirish maqsadida tashkiliy ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma'lumot berildi.
Avvalambor, shuni eslab o'tish joizki, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi natijasida elektr tarmoqlaridan reaktiv quvvat o'tishi qo'shimcha yo'qotishlar paydo bo'lishi, kuchlanish va chastotaning pasayishiga olib keladi.
Iste'molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi etkazib berish hamda quvvati 50 kVt va undan yuqori bo'lgan iste'molchilarda energiya resurslarini oqilona foydalanish yuzasidan “O'zenergoinspeksiya” tomonidan 16 mingdan ziyod berilgan ko'rsatmalarga asosan 653,6 ming kVar quvvatga ega bo'lgan reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o'rnatilishi ta'minlandi.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuniga qadar 13 749 kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishiladi hamda iste'molchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me'yorda ishlashiga sabab bo'ladi.