Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman boʻlimi hamda DXXning Guliston tuman boʻlinmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi M.S. “P-K.” fermer xoʻjaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berishi evaziga ushbu fermer xoʻjaligi rahbarining ukasi Sh.Yu.dan 400 AQSH dollari va 1 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.