Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ushlandi

    Kattaqoʻrgʻon tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari fermer xoʻjaligini elektr tarmogʻiga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga pora talab qilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda tuman ETK rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 mln soʻm qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan “A.B.” fermer xoʻjaligini elektr tarmogʻiga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xoʻjaligi rahbari A.B. dan 5 mln soʻm pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.