Tadbirda oʻzlarini Yunusobod tumani ETK xodimlari deb tanishtirgan M.Yu. va D.K.lar Yunusobod tumani 4-mavze 54-uydagi xonadonning elektr hisoblagichi (tamgʻalari buzilmagan) goʻyoki notoʻgʻri ulanganligini roʻkach qilishib va shu boʻyicha tarmoqdan uzish haqida tuzilgan dalolatnomani roʻyxatdan oʻtkazmaslik evaziga xonadon egasi A.dan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yunusobod tumani ETK ASKUE xodimi X.M. fuqaro M.Yu.ga 22-sonli soxta guvohnomani yasab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.