Anonim xabarga asosan “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona hududiy boʻlimi va “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ Fargʻona MET filiali bilan birgalikda 500 kVli L-524 havo elektr uzatish tarmogʻi muxofaza zonalari navbatdan tashqari koʻrikdan oʻtkazildi, deya xabar beradi “Oʻzenergoinspeksiya” Matbuot xizmati.
Oʻrganish davomida 500 kVli L-524 havo elektr uzatish tarmogʻining tayanchi oldida tarmoqning muhofaza zonasida hududdagi bogʻ egasi tomonidan naves qurilayotgani aniqlandi.
Ushbu fuqaroga shu joyning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari” talablari, unga koʻra muhofaza zonasida qanday ishlarni bajarish mumkin emasligi, avariyali holat yuz berishi natijasida elektr tarmogʻining simi uzilib yerga tushishi va bu inson hayoti uchun xavfli ekanligi toʻgʻrisida tegishli tushunchalar berildi.
Fuqaro yuqoridagilar boʻyicha batafsil tushuncha berilganligi uchun minnatdorchilik bildirib, qilgan ishidan uyatda qolganligi aytdi. Fuqaro barchadan uzur soʻrab, shu vaqtning oʻzida oʻz hoxishiga binoan qurayotgan obyektini buzib tashladi.