Hadean deb nomlangan skeytbord uglerod tolasidan tayyorlangan boʻlib, soatiga 50 tezlik bilan harakatlana oladi.
Skeytbordning platformasi ingichka qilib ishlangan boʻlsa ham, juda mustahkam. Unda 50-60 kilometr masofani bosib oʻtish mumkin.
Qoʻl pulti vositasida skeytbord tezligini oshirish, batareya quvvati miqdorini koʻrsatib turadigan yorugʻlik indikatorini yoqish mumkin.
Hadean turli koʻrinishlarda ishlab chiqariladi. Hadean Carbon Street modeli 2900, Bamboo modeli esa 2550 dollarga baholanmoqda.