FVV axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 24-yanvar kuni soat 20:17 da Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani, “Shabbaz” OFY, Toʻrtkoʻl shohkoʻchasida joylashgan elektromobil avtosalonida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Uchta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 20:23 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 20:48 da oʻrab olingan va 21:08 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida avtosalonning 90 kv/m maydonda tom qismi va bir dona BYD rusumli avtomobil yonib zararlangan. Yongʻin sabab va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.