Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSH dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

7 oyda eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:

Xitoy – 6 898 ta

Gonkong – 376 ta

Germaniya – 64 ta

Koreya – 18 ta

BAA – 16 ta

AQSH – 11 ta