Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasida Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi.

Elektron portalda, jumladan:

ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash darajasi doimiy baholanadi;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalari yoʻlga qoʻyilib, elektron savdolar tashkil etiladi.   

Elektron portal 2021-yil 1-oktyabrdan 1-dekabrgacha “test rejimi”da ishlaydi va 2022-yil 1-yanvardan toʻliq ishga tushiriladi.

Qarorga koʻra, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmi joriy qilinadi.