Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik natijasida mamlakatimizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish istiqbollari hamda bu borada yaqin kelajakda olib borilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.
Mamlakatimizda mazkur tizimni joriy etish boʻyicha Janubiy Koreya tomonidan koʻrsatilgan hamkorlik tufayli ushbu tizim mamlakatimizda elektr energiya sarfi hamda hisob-kitobi sohasida tub burilish yasaydi. Tadbirda hamkorlikni davom ettirish yuzasidan yangi takliflar oʻrtaga tashlandi.
Jumladan, mazkur avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatimizda elektron hisoblagichlarni ishlab chiqarish amaliyoti vujudga kelganligini inobatga olib, MDH davlatlarida mazkur loyihani joriy etishda hamkorlik qilish taklif etildi. Shu bilan bir qatorda, hisoblagichlarga servis xizmat koʻrsatuvchi markaz tashkil qilish taklifi bildirib oʻtildi.
Oʻz navbatida, janob Lee Hansup Oʻzbekiston energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar “KT Corporation” kompaniyasining Oʻzbekistondagi faoliyatiga keng imkoniyat yaratgani, jumladan, yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi mintaqada yagona ekanligini alohida qayd etib oʻtdi, deb xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.