Loyihadan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish masalasi ham oʻrin olgan.

Jumladan:

  • Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali koʻrsatishni kengaytirish;
  • Davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish;
  • “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish;
  • Shaxsga doir maʼlumotlarning himoyasini taʼminlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish;
  • Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
  • Keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish;
  • “Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;
  • “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
  • “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
  • Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini kengaytirish;
  • Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga oʻtkazish kabi loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.