Tashrifdan asosiy koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash, elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish, elektron hukumat arxitekturasi va tuzilmasini optimallashtirish, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamlashtirish loyihalari samaradorligini oshirishdan iborat.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda Estoniya elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish boʻyicha Yevropa hamda dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Estoniya elektron hukumat reytingida dunyoda 3-oʻrinni egallab turibdi.

Tashrif davomida vazirning birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.