Ularning bazasi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yaratilib, interfeyslari oʻzbek, rus va ingliz tillarida lokalizatsiya qilingan.

Taʼkidlanishicha, “Elektron OAK” tizimining yaratilishi quyidagi natijalarga erishishga xizmat qiladi:

  • ilk bor milliy darajada ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar boʻyicha attestatsiya ishlari, jumladan ekspertiza jarayoni elektron tarzda amalga oshiriladi;
  • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va OAK oʻrtasidagi barcha hujjatlar korporativ elektron hujjatlar aylanish kompleks-tahliliy axborot tizimi asosida amalga oshiriladi;
  • ilk bor milliy darajada dissertatsiyalar internet tarmogʻi orqali ilmiy jamoatchilikning elektron ekspertizasidan oʻtkaziladi va uning ijobiy natijasi asosida himoyani tashkil etish yoʻlga qoʻyiladi;
  • attestatsiya jarayonlarini uzluksiz va onlayn shaklda tashkil qilishning ilmiy-tashkiliy va dasturiy bazasi yaratiladi;
  • ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar boʻyicha doimiy ravishda oʻsib boruvchi maʼlumotlar bazasiga ega boʻlgan idoraviy axborot tizimlari “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahliliy tizimi” dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinadi.