Rivojlangan davlatlar dalillarga asoslangan tibbiyotga tayanib, keng miqyosda oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar orqali samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan dorilardan foydalanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga xalqaro tan olingan manbalarda “samarasiz yoki samarasi oʻrganilmagan” deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan chiqarishni boshlash topshirildi.

Barcha tibbiyot muassasalari, birinchi galda bolalar shifoxonalarida antibiotiklarni asosli qoʻllash boʻyicha kompleks reviziya oʻtkaziladi va protokollarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan chora koʻriladi.

Bosh prokuraturaga retseptli dorilarni noqonuniy sotganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash topshirildi.

“Elektron retsept” tizimini Toshkent shahrining Yunusobod tumanida toʻliq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilish vazifasi qoʻyildi.