Prezidentimizning 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan barcha davlat tashkilotlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonunchilik hujjatlari, topshiriqlari ijrosini nazorat qilish, ularning kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirishni “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.

Bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hamda tuman va shahar hokimliklarida mazkur elektron tizimda ishlovchi xodimlar uchun dasturning texnik va tashkiliy taʼminoti va imkoniyatlari toʻgʻrisida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazilyapti.

Unda “Unicon-soft” MCHJ vakillari, viloyat hokimligining masʼul xodimlari, tuman-shahar hokimliklarining ijro intizomi boʻyicha mutaxassislari va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish" markazining mutaxassislari ishtirok etdi. Asosiy maqsad — mutaxassislar malakasini oshirish, sohadagi mavjud yangiliklardan xabardor boʻlib, ish samaradorligini yanada takomillashtirishdir.