Tender buyurtmachisi va shartnoma egasi — “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DM.
Sotib olish boʻyicha moliyalashtirish manbai — oʻz mablagʻlari.
Manfaatdor yuridik shaxslarni tenderda ishtirok etishga taklif qilamiz
Elektron tenderda taqdim etiladigan barcha shartlarni bajara oladigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirok etishi mumkin.
TENDER MAVZUSI — 2026-yil mobaynida “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DM ehtiyojlari uchun “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalarini chop etish xizmatini koʻrsatish.
Tenderning boshlangʻich bahosi – 6 300 000 000,0 soʻm (QQS bilan).
I. Tenderning umumiy shartlari:
- Buyurtmachi va tashkilotchi elektron tenderni oʻtkazish xarakteri yoki natijalaridan qatʼiy nazar, ishtirokchilarning xarajatlari boʻyicha javobgarlik va majburiyatlarini oʻz zimmalariga olmaydi.
- Kvalifikatsion hujjatlar va tender takliflari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning maxsus https://etender.uzex.uz/ axborot portalida kecha-kunduz davomida qabul qilinadi. Maxsus axborot portalida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng takliflarni qabul qilish toʻxtatiladi.
- Tender taklifini rasmiylashtirish boʻyicha batafsil talablar xarid hujjatlarida koʻrsatilgan.
- Koʻrsatiladigan xizmatlar xarid hujjatlarida koʻrsatilgan texnik talablarga javob berishi kerak.
- Elektron tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaganidan keyin kamida 90 (toʻqson) kun davomida amal qilishi kerak.
- Yetkazib berish shartlari va muddatlari — 2026-yil davomida, haftada kamida 5 kun.
- Taqdim etilgan kvalifikatsion hujjatlar asosida xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning kvalifikatsion tanlovi oʻtkaziladi.
- Quyidagi ishtirokchilar tenderda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
- soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar;
- ularga nisbatan bankrotlik taomili qoʻllanilganlar;
- Yagona reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochilar;
- qayta tashkil etish yoki tugatish bosqichida boʻlganlar;
- kvalifikatsion saralash uchun belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
- tender hujjatlari talablariga javob bermaydigan kvalifikatsion hujjatlarini taqdim etganlar;
- Buyurtmachi yoki benefitsiar bilan muqaddam tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni risoladagidek bajarmaganlar;
- xarid qilinayotgan yoki muqobil tovar (xizmat)ni yetkazib berish boʻyicha tajribaga ega boʻlmaganlar;
- Buyurtmachi yoki Oʻzbekiston Respublikasida shu kabi tovarlar (xizmatlar)ni yetkazib berish bilan bogʻliq tashkilotlar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida boʻlganlar;
- taʼsischilari bir xil boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar boʻlgan ishtirokchilar;
- imtiyozli soliq rejimini taʼminlaydigan va/yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda maʼlumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni taʼminlamaydigan davlatlar yoki hududlarda roʻyxatdan oʻtgan va bank hisob raqamlariga ega boʻlgan ishtirokchilar, shuningdek ularning taʼsischilari (offshor zonalar roʻyxati tender hujjatlariga ilova qilinishi lozim).
II. Ishtirokchilar uchun tender shartlari:
- Mahsulot (xizmat) bahosi milliy valyutada koʻrsatilishi kerak.
- Toʻlov shartlari:
- har oy yakunida hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilganidan keyin besh (5) bank kuni ichida 100 foiz miqdorida;
- toʻlov milliy valyutada naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Batafsil maʼlumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 85-uy.
Aloqa uchun masʼul shaxs — Pardayev Sobir Qudratovich.
Telefon: (+998 99) 114-27-77.