Dunyo boʻylab ishlab chiqariladigan oltinning 7% ga yaqini elektron uskunalar ishlab chiqarishga sarflanadi.
Buning sababi shundaki, oltin issiqlik va elektrni juda yaxshi oʻtkazuvchi hisoblanadi.
Bugungi kunda elektron asbob-uskunalar shu qadar koʻp oltinni oʻz ichiga oladiki, bir tonna elektron uskunadan yer qobigʻidan rudalarni qazib olishdan koʻra koʻproq oltin olish mumkin.
Ushbu texnologiya allaqachon bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, yaʼni kelajakda elektron uskunalarda ishlatiladigan oltinni qayta ishlash mumkin boʻladi.