Elektron xaridlar uchun ham keshbek toʻlash boshlandi

    Raqamlashtirish 11 May 2022 1749

    Endilikda toʻlov tashkiloti, tijorat banklarining elektron toʻlov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), elektron tijorat platformalari – “marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek toʻlanadi.

    Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Soliq organlari axborot tizimlari bilan elektron toʻlovlar (Click, Payme, Oson, Apelsin, Paynet va boshqalar) integratsiyasining ijobiy natijalariga koʻra xaridlar elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek shakllanyapti.

    Agar isteʼmolchi keshbek tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, xarid summasining 1 foizi Soliq mobil ilovasining shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi.

    Shuningdek, keshbekni olish uchun elektron chekdagi QR kodni skanerlash mumkin.

    Qoʻmitaning eslatishicha, avtomobillar, havo va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish, kommunal va aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda keshbek toʻlanmaydi