elektron yuridik klinika

    O'zbekistonda esa 2020 yil aprel` oyi ma'lumotlariga ko'ra, internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 milliondan ortdi. SHundan mobil` internet foydalanuvchilari soni 19 millionni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich O'zbekistondagi mehnatga layoqatli aholining deyarli barcha qismini tashkil etadi.

    2020 yil dunyo davlatlari oldiga qator sinovlar qo'yish bilan birga, ko'p imkoniyatlar eshigini ham ochdi. Raqamli vositalar odamlarga va iqtisodiyotga pandemiyadan omon qolish uchun masofadan turib ishlash, kontaktsiz pul o'tkazish, hukumatning raqamli xizmatlarini osonlashtirish orqali yordam berishda muhim rol` o'ynamoqda. COVID-19 pandemiyasi tufayli raqamlashtirish yanada dolzarb vazifaga aylandi. U bizga yangi avlod innovatsion dasturchilari tomonidan yaratilgan yuqori sifatli raqamli xizmatlar keltiradigan afzalliklarga nafaqat guvoh bo'lish, balki ulardan faol foydalanish imkonini berdi.

    Raqamlashtirish O'zbekiston uchun yangilik emas. So'nggi 3-4 yil ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat boshqaruvini isloh qilish va iqtisodiy o'sishni tezlashtirish vositasi sifatida foydalanish bo'yicha ko'p ishlar qilindi. 2020 yilda raqamli iqtisodiyot kelajakdagi rivojlanish uchun muhim poydevorga aylandi. Bugun O'zbekistonda pandemiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qatorida raqamli usulda ijtimoiy yordam ko'rsatish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.

    Ayniqsa, bu yo'lda yangi texnologiyalardan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda yanada samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Advokatga murojaat etish imkoniyaga ega bo'lmagan fuqarolarning o'zlarini qiynab kelayotgan savollarga va muammolarga masofadan turib, raqamli texnologiyalar orqali javob olishlari ularning vaqti, mablag'ini tejash bilan bir qatorda huquqiy masalalariga echim topishga xizmat qiladi.

    Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari statistikasi

    Bu boradagi raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, 2020 yil iyul` holatiga ko'ra, deyarli 4, 57 milliard kishi faol internet foydalanuvchilari bo'lib, bu dunyo aholisining 59 foizini qamrab oladi. Telegramda har kuni 1,5 million yangi foydalanuvchi ro'yxatdan o'tadi. Hozir telegramning dunyo bo'ylab 400 million foydalanuvchisi bor. Instagram esa oyiga 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchi bilan dunyo bo'ylab eng mashhur ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Feysbuk 2020 yilning ikkinchi choragida 2,7 milliarddan ortiq oylik faol foydalanuvchi bilan dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq qatoriga kirdi.

    O'zbekistonda esa 2020 yil aprel` oyi ma'lumotlariga ko'ra, internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 milliondan ortdi. SHundan mobil` internet foydalanuvchilari soni 19 millionni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich O'zbekistondagi mehnatga layoqatli aholining deyarli barcha qismini tashkil etadi.

    Bu borada o'rganilishi kerak bo'lgan masalalar talaygina. Ushbu maqola orqali raqamli platformada bepul huquqiy maslahat berish tartib-qoidalari haqida mulohaza yuritmoqchimiz.

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali huquqiy masalahat olish turlari

    Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda kanal, guruh va bot ochish orqali huquqiy maslahat olish turlari rivojlangan. Masalan, telegram ijtimoiy tarmog'ida kanal ochish orqali, asosan, shaxslarga qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy ma'lumotlar, huquqiy tushuntirishlar berib boriladi. Kanal orqali shaxslardan kelayotgan savollarga ham javob berish mumkin.

    Ijtimoiy tarmoq orqali bepul huquqiy maslahat berishning yana bir ko'rinishi bu guruh ochish orqali bo'lib, buning ham bir qator afzallik va kamchiliklari mavjud. Masalan, telegram tarmog'ida guruh ochilganda, asosan, guruhda savol-javob tarzida muloqot olib boriladi. Guruh orqali savol berilganda shaxslardan ortiqcha vazifa talab etilmaydi. Sababi, savollarini guruhga yuborish ularga qiyinchilik tug'dirmaydi. Guruh ochish orqali huquqiy maslahat berishning bir qator kamchiliklari ham mavjud. eng avvalo, guruhda berilgan savol barcha guruh a'zolari tomonidan o'qilishi imkoniyati mavjudligi sababli shaxsiy xususiyatga ega bo'lgan savollar berish imkoni cheklanadi. Raqamli platforma orqali onlayn huquqiy maslahat berilganda murojaatchining shaxsi va murojaati mazmuni sir saqlanishi muhim tamoyillardan sanaladi.

    Bundan tashqari, berilgan savol yoki murojaat bo'yicha guruhning har bir a'zosi o'z munosabatini bildirib, malakali yuridik yordam olish imkoniyatiga xalal berishi mumkin. Qolaversa, guruh ochish orqali savollarga javob berishda guruh a'zolari soni ortishi bilan savollarning soni ham ortib boradi. Natijada agar guruhda huquqiy maslahat beradigan mutaxassislar kam sonli bo'lsa, savollarga o'z vaqtida javob berilmaydi yoki savollarga javob berilmay qolib ketish ehtimoli ham ortadi. Odatda, guruh ochish orqali huquqiy maslahat berilganda quyidagi tartibda ish olib borilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

    Birinchidan, telegram ijtimoiy tarmog'ida guruh ochilganda kelayotgan savollar bilan ishlaydigan va ularga tez hamda sifatli javob berish uchun kichik-kichik sohaviy bo'limlar (telegram tarmog'ida sohaviy mutaxassislar guruhi)ni tashkil etish lozim.

    Masalan, guruhga oila, uy-joy, meros, kredit va boshqa masalalarga doir savol kelsa, soha bo'yicha tuzilgan mutaxassislar guruhi ushbu savollar bilan shug'ullanib, javobini guruhga yuboradi. Natijada tezkorlik va sifat oshadi. Buning uchun, albatta, malakali mutaxassislar soni ham kam bo'lmasligi talab etiladi.

    Ikkinchidan, guruh orqali savollarga berilgan javobning so'ngida qisqa xulosa berilishi va bu xulosaning tavsiyaviy xarakterga egaligi ko'rsatilishi maqsadga muvofiq.

    endi esa telegram ijtimoiy tarmog'ida raqamli platformadan foydalangan holda bot orqali huquqiy maslahat berish to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Fikrimizcha, bot, asosan, telegramda kanal ochib maslahat berish uchun qulay vosita sanaladi. Qolaversa, keyinchalik botga qo'shimcha vazifalarni yuklab, uning faoliyatini takomillashtirish mumkin.

    Bot orqali huquqiy maslahat berilganda murojaatlar ko'p, murojaatga javob beruvchi mutaxassislar esa nisbatan kam bo'lsa, javob berish qiyinlashadi. CHunki bot orqali savollar bitta profildan ketma-ketlik asosida keladi. Javob berilayotganda ham ayni bir savolni belgilab javob berish kerak. Aks holda murojaatchiga javob etib bormasligi mumkin.

    Bot orqali savol berish va unga javob olishning yana bir afzallik tomoni shundaki, shaxs va keltirilgan ma'lumotlar to'liq sir saqlanadi. Berilgan savol faqat mutaxassisga, javob esa faqat murojaat etuvchiga ko'rinadi.

    endi esa raqamli platformada feysbuk ijtimoiy tarmog'i orqali huquqiy maslahat berish to'g'risida to'xtalib o'tamiz.

    Ushbu ijtimoiy tarmoq turida kanal yoki guruh ochish orqali huquqiy maslahat berilishi mumkin. Agar kanal ochib, faqat huquqiy ma'lumotlar berib borilsa, foydalanuvchilar o'z izohlarini yoza olmaydi. Faqat berilayotgan ma'lumotlarni o'qiy olishadi. Guruh ochishning bir qator tartiblari bor. Ular quyidagilar:

    Birinchidan, barcha foydalanuvchilar yoza olishi ya'ni berilayotgan har bir postga o'z munosbatini bildira olishi kerak.

    Ikkinchidan, ushbu tarmoqda savol-javob postlardan ko'ra maqolalar chiqarish yaxshi samara beradi.

    Uchinchidan, berilayotgan savollarga o'z vaqtida va sifatli javob berib borish lozim.

    Raqamli platformada instagram ijtimoiy tarmog'i orqali huquqiy maslahat berish ham deyarli yuqorida feysbuk tarmog'i haqida keltirib o'tganlarimizdan farq qilmaydi. Faqat ayrim texnik jihatlarni quyida keltirib o'tamiz.

    Instagram ijtimoiy tarmog'i orqali huquqiy maslahat berilganda, asosan, rasmli, grafik ko'rinishda post tayyorlagan ma'qulroq. CHunki ushbu ijtimoiy tarmoqda uzun postlar va maqolalar o'qilmasligi ehtimoli yuqori. Infografikalardan ko'proq foydalanish samara beradi.

    Raqamli platformadaga yana bir ommabop vosita, yutub ijtimoiy tarmog'i orqali huquqiy maslahat berishning ham o'zga xos jihatlari mavjud. Ushbu ijtimoiy tarmoqda huquqiy maslahatlar asosan videoroliklar orqali berib boriladi. Berilayotgan videoroliklar sifatli, qisqa, aniq, sodda, ravon tilda bo'lishi talab etiladi. Berilayotgan har bir ma'lumot sharhlanishi kerak. Qonunni to'g'ridan-to'g'ri o'qib berish tushunmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa raqamli platforma orqali bepul huquqiy yordam berish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdek ezgu maqsadga erishishda to'sqinlik qilishi mumkin.

    Otabek NARZIEV,

    TDYUU yuridik klinikasi rahbari

    Muhriddin SHAMSIDDINOV,

    TDYUU yuridik klinikasi bitiruvchisi