Viloyat IIB vaziyatni oʻrganib chiqqanini maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 07.08.2023-yil kuni korxonaning kadrlar boʻlimi boshligʻi U.M. korxona hisobchisi N.X.ga qoʻngʻiroq qilib, ishga kelmagani yuzasidan suhbatlashgan. Jarayonda uning turmush oʻrtogʻi X.N. bilan oʻzaro janjallashib ketadi.

X.N.ning turmush oʻrtogʻi hamda 2 nafar tanishi bilan korxonaga kelib, U.M.ga tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, avtomashinasining oynasini sindirgan.

Sud tibbiy ekspertizasi xulosasida U.M.da yopiq kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, oʻng peshona sohasida lat yara, oʻng koʻz qovoqlarida qontalash, pastki lab oʻng tomonida lat yara, chap quloq suprasi orqa yuzasida qontalash, pastki jagʻ oʻng iyak sohasida qontalashlar aniqlandi.

Ushbu tan jarohatlari sogʻliqni 6 kundan koʻp ammo 21 kundan kam boʻlgan muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil shikastlar toifasiga kirishi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan X.N. ga nisbatan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.