Qayd etilishicha, turli sabablarga koʻra ayrim soliq toʻlovchilar ushbu majburiyatni oʻz vaqtida bajara olmaydi. Hisobotni belgilangan muddatda topshirmaslik huquqbuzarlik hisoblanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (MJtK)da belgilangan tartibda jarima qoʻllanishiga sabab boʻladi.
Ayrim turdagi huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, ular jarimadan xalos boʻladi. Yaʼni bunday holatda ularga jarima emas, balki ogohlantirish beriladi.
MJTK 271-modda 11-bandi 2025-yilning 22-sentyabr holatiga soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmagan:
- 53 478 ta subyektga huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgani va kamchiliklar 30 kun ichida toʻliq bartaraf etilgani bois jarimalar qoʻllanilmadi, ularga faqat ogohlantirish berildi;
- natijada ularga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan 171,6 mlrd soʻmlik maʼmuriy jarimalar soliq toʻlovchilar ixtiyorida qoldi.
Hozirda yana 6 738 ta korxonada soliq hisobotini ixtiyoriy ravishda topshirib, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani hamda uni 30 kun ichida bartaraf etishi orqali jarimadan ozod boʻlish imkoniyati mavjud.
Eslatib oʻtamiz: Oʻz vaqtida taqdim etilmagan har bir soliq hisoboti uchun BHMning 10 baravari = 4 120 000 soʻm jarima qoʻllaniladi.








