Ellikqalʼa tumanidagi “Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi”dagi talon-torojliklar fosh etildi

    Xavfsizlik 4 Mart 2021 936

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqalʼa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Ellikqalʼa tumanidagi “Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi” masʼul va moddiy javobgar shaxslari 2018-2020-yillarda maktabning murabbiy va xodimlariga jami 491,4 mln soʻm xizmat safari xarajatlari va ish haqlarini naqd pul shaklida ajratib, toʻlov qaydnomalardagi imzolarni soxtalashtirib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.