Xonadonda ularning emin-erkin yashashlari, oilaviy muhit taftini his qilib ulgʻayishlari uchun barcha shart-sharoit muhayyo etilgan. Muhimi, bu bolalar endi ota-ona mehru muhabbatidan bahramand boʻlishadi, oʻzlarini tengqurlaridan aslo kam sezishmaydi.

Ochilish tadbirida tuman hokimi S.Avezov, Milliy gvardiya vakillari, hudud mahalla masʼullari yaqin joydagi mahalla aholisi ishtirok qildi.

Tadbir davomida tuman hokimligi va homiylar  tomonidan keltirilgan sovgʻalar yaxshi niyatlar ila xonadon egalariga topshirildi.

Xonadon egalari Murat hamda Haytgullar oʻzlarining 4 nafar farzandlari 8 nafar boʻlganidan quvonchlari cheksiz ekanini ularning yuz-koʻzlaridan anglash qiyin emas edi.