Yellouston milliy bog'ida kuchli gidrotermal portlash sodir bo'ldi

    Yellouston milliy bog'ida (AQSh) gidrotermal portlash sodir bo'ldi. Bu haqda bog' saytida ma'lum qilindi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hech kim jabrlanmadi, ammo bunday portlashdan ko'rilgan zarar ko'lami hozircha ma'lum emas. Bog' matbuot xizmati portlash vulqon tizimiga ta'sir qilmaganini ko'rsatmoqda.

    Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar yerdan otilib chiqqan katta suv ustuni tasvirlangan videoni joylashtirdi, deb xabar beradi report.az.