Chexiyalik xonanda Xana Xorka ham shulardan biri edi. U oʻz mamlakatida joriy etilgan karantin cheklovlari sharoitida jamoat joylarida erkin harakatlanish “ruxsatnoma”siga ega boʻlishni xohladi. Biroq buning uchun yo emlangan yoki kasallikdan sogʻaygan boʻlishi lozim edi.

Xonanda ikkinchi yoʻlni maʼqul koʻrdi va atayin oʻziga koronavirus infeksiyasini yuqtirdi. Buning uchun COVID-19 bilan kasallangan qarindoshlari orasida yashadi.

Ammo oʻtgan yakshanbada Xana Xorka 57 yoshida ushbu xastalikdan vafot etdi. U oʻlimidan bir necha kun oldin, tuzalib borayotgani, hademay teatr, sauna, konsertlar va dengiz sayohatiga borishi mumkinligini yozgan.

Qoʻshiqchining oʻgʻli onasining oʻlimida uni emlanishdan bosh tortishga koʻndirgan anti-targʻibotchilarni aybladi.